Yana bir yangi gaz-kondensat koni ochildi

Asosiy rasm

Ustyurtning markaziy qismidagi Qoratau maydonida yangi gaz-kondensat koni ochildi. “O‘zbekneftgaz” AJ ma’lum qilishicha, 3-oktabr kungi sinovlarda quyi yura qatlamlaridan sanoat ahamiyatiga ega tabiiy gaz va kondensat oqimi olingan.

Maydon Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan. Bu yerdagi 1-sonli izlov qudug‘i 4 860 metr chuqurlikkacha burg‘ilangan. Gaz va kondensat oqimi 3 213–3 273 metr chuqurlik oralig‘ida qayd etilgan.

Yil yakuniga qadar 2-sonli izlov qudug‘ini burg‘ilashni tugatish, shuningdek, 3 va 4-sonli quduqlarda burg‘ilashni boshlash rejalashtirilgan. Natija Ustyurtning chuqur qatlamlarida yangi istiqbolli qidiruv yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring