Navoiy IES va 300 MVtli quyoş stansiyasi yangi podstansiya orqali boğlandi
Navoiy issiqlik elektr stansiyasida qurilayotgan 500/220 kV podstansiyaning 220 kV qismiga dastlabki kuçlaniş berildi. Natijada Navoiy IES va 300 MVt quvvatli «Gibrid» quyoş elektr stansiyasi uşbu podstansiya orqali özaro boğlandi.
Podstansiya 650 MVt quvvatli uçinçi buğ-gaz qurilmasini quriş loyihasi doirasida barpo etilmoqda. U yagona energetika tizimining janubi-ğarbiy va şimoliy qismlari örtasidagi elektr aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Keyingi bosqiçda yangi buğ-gaz qurilmasida işlab çiqariladigan elektrni tarmoqqa uzatiş uçun tegişli uskunalarga kuçlaniş beriş rejalaştirilgan. Bu yakuniy sinovlarni ötkaziş va qurilmani bosqiçma-bosqiç işga tuşiriş uçun şaroit yaratadi.