Qiş mavsumi uçun 102 ming tonna benzin zaxirasi şakllantirildi

Asosiy rasm

«Özbekneftgaz» brifingida keltirilgan ma’lumotlarga köra, Buxoro neftni qayta işlaş zavodi va tizimdagi neft bazalarida 102 ming tonna benzin zaxirasi şakllantirilgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 25 ming tonna köp.

Hozir birja savdolariga kuniga 4,6 ming tonna benzin, jumladan, 4,3 ming tonna AI-92 çiqarilmoqda. Talab oşsa, savdoga qöyiladigan hajmni kuniga 8 ming, zaruratda 10 ming tonnagaça yetkaziş imkoniyati nazarda tutilgan.

Zavodda sutkasiga örtaça 3,2–3,4 ming tonna benzin işlab çiqarilmoqda. Yil yakunigaça işlab çiqarişni 1,1 million tonnaga yetkaziş, ehtimoliy taqçillikning oldini oliş uçun tayyor benzin import qiliş çoralari ham körilmoqda.

«Özbekneftgaz» ma’lumotiga köra, birjaga çiqarilayotgan benzinning boşlanğiç narxi apreldan buyon özgarmagan – tonnasi 14 million söm. Savdolarda narx oşişiga esa xarid faolligi, mavsumiy kutilmalar va ayrim xususiy AYoQŞlarning oldindan köproq zaxira töplaşga intilişi ta’sir qilmoqda.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring