Buxoro neft zavodida Yevro-5 benzini işlab çiqariş uçun 328 million dollarlik loyiha rejalaştirilmoqda
Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro neftni qayta işlaş zavodining faoliyati va quvvatlarini kengaytiriş rejalariga oid taqdimot bilan tanişdi.
Zavodda Yevro-5 standartidagi AI-92 va AI-95 benzinini işlab çiqariş böyiça 328 million dollarlik loyiha işlab çiqilgan. Uni 2029-yilning ikkinçi çoragida işga tuşiriş möljallangan.
Loyiha natijasida yiliga 1,1 million tonna benzin işlab çiqariş, import qilinadigan yoqilği qöşimçalari xarajatlaridan 150 million dollargaça tejaş va 200 ta yangi iş örni yaratiş kutilmoqda.
Taqdimotda zavod quvvatlarini kengaytiriş böyiça dastlabki qiymati 1,8 milliard dollarlik yana bir istiqbolli loyiha ham körib çiqildi. Uning doirasida neft mahsulotlari işlab çiqarişni yiliga hozirgi 2,1 million tonnadan 4,6 million tonnaga yetkaziş közda tutilgan.
Uşbu loyiha böyiça quriliş işlarini 2028-yilda boşlaş, Xitoy, Fransiya, AQŞ va Ozarbayjonning yetakçi texnologik kompaniyalari bilan hamkorlik qiliş rejalaştirilmoqda.