Samarqanddan Toshkentgacha 350 kilometrlik elektr uzatish tarmog‘i qurilmoqda
Samarqand viloyatining Nurobod tumanidan Toshkent viloyatidagi “Halqa” podstansiyasigacha 500 kV kuchlanishli, ikki zanjirli elektr uzatish tarmog‘i qurilmoqda. Energetika vazirligi xabar berishicha, 350 kilometrlik tarmoq Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan o‘tadi.
Qurilish Saudiya Arabistonining “Acwa” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida olib borilmoqda. Loyiha 1 000 MVt quvvatli quyosh stansiyasi, 1 336 MVt·soat sig‘imli energiya saqlash tizimi va jami 500 kilometr elektr uzatish tarmoqlarini qamrab oladi.
500 kVli tarmoq tayanchlari uchun poydevor ishlari yakunlanib, tayanchlarni o‘rnatish boshlangan. Qurilishni 2028-yilning birinchi choragida tugatish rejalashtirilgan. Shuningdek, 150 kilometrlik 220 kVli tarmoq qurilishi 50 foizga bajarilgan bo‘lib, uni 2027-yil may oyida yakunlash ko‘zda tutilgan.