Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi – TIV
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi OAVga bergan izohida Latviya tomoni amaldagi viza tartibini o‘zgartirishga ehtiyoj yo‘qligini ma’lum qilganini qayd etdi.
Ushbu pozitsiya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni vaqtincha cheklash taklifi yuzasidan o‘tkazilgan diplomatik muzokaralar yakunida bildirilgan. Muloqotlarda O‘zbekistonning Rigadagi elchixonasi va TIV Konsullik-huquqiy departamenti ishtirok etgan.