AQŞ Kongressida «Özbekiston kuni» ötkazildi
AQŞ Kongressida Respublikaçilar va Demokratik partiyalar vakillari, senatorlar, kongressmenlar hamda yetakçi Amerika kompaniyalari iştirokida «Özbekiston kuni» bölib ötdi.
Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev boşçiligidagi Özbekiston parlamenti delegatsiyasi qatnaşgan tadbirda Prezident Şavkat Mirziyoyevning murojaati öqib eşittirildi. Unda Özbekistondagi islohotlar ortga qaytmas tus olgani va AQŞ bilan strategik şeriklikni rivojlantiriş taşqi siyosatning ustuvor yönalişlaridan biri ekani ta’kidlangan.
Özbekiston bilan hamkorlik böyiça kokus hamraisi, kongressmen Trent Kelli Prezident murojaati uçun minnatdorlik bildirgan. Markaziy Osiyo böyiça kokus hamraisi, senator Stiv Deyns esa Özbekistondagi özgarişlar va islohotlarni yuqori baholagan.