Turkmaniston bilan çegaraoldi aholisi uçun vizasiz qatnovni tiklaş muhokama qilindi
18-noyabr kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Turkmanistonning mamlakatimizdagi elçisi Şodurdi Meredov bilan uçraşdi.
Muloqotda 2004-yilgi hukumatlararo bitimda çegaradoş hududlar aholisi uçun nazarda tutilgan uç sutkagaça vizasiz qatnovni tiklaş masalasi körib çiqildi.
Şuningdek, Toşkent – Aşxobod – Toşkent yönalişida muntazam aviaqatnovlarni yölga qöyiş, xalqaro yuk taşuvlarini yengillaştiriş va çegara ötkaziş punktlari faoliyatini takomillaştiriş muhokama qilindi.
Tomonlar uşbu masalalarni tegişli idoralar bilan birgalikda işlab çiqişga kelişdi.