Markaziy bank: banklar kredit xatarlari haqida mijozlarni oldindan ogohlantirishi talab etiladi

Asosiy rasm

Endilikda banklar kredit reklamalarida qarzni o‘z vaqtida to‘lamaslik xavfi haqida ogohlantirish berishi shart.

Ogohlantirish reklama maydoni yoki davomiyligining kamida 10 foizini, kredit shartnomasi birinchi sahifasining esa kamida 30 foizini egallaydi.

Unda qarzdorlikning oshishi, mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi hamda kredit tarixi yomonlashishi mumkinligi ko‘rsatiladi.

Mijozni chalg‘ituvchi kredit mahsulotlarini taklif etgan banklarga nisbatan tegishli choralar qo‘llanadi.

Shu haqdagi hujjat 2026-yil 30-sentabrda Adliya vazirligida 3948-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va rasmiy e’lon qilingan kundan bir oy o‘tgach kuchga kiradi.





Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring