Mikrokreditbank parrandaçilik böyiça loyihalarga 2,5 trillion söm kredit ajratdi

Asosiy rasm

Mikrokreditbank sönggi beş yilda parrandaçilik sohasidagi 524 ta loyihani 2,5 trillion sömlik kredit bilan moliyalaştirdi. Bu haqda bank brifingida Parrandaçilik loyihalarini boşqariş ofisi rahbari Olimjon Rahmonberdiyev ma’lum qildi.

Mablağlarning 598 milliard sömi 107 ta yangi loyihani taşkil etişga, 1,9 trillion sömi esa töliq quvvatda işlamayotgan korxonalarni qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan.

Natijada moliyalaştirilgan xöjaliklarda parranda boqiş quvvatlaridan foydalaniş darajasi 43 foizdan 90 foizga yetgan. Yiliga 1,6 milliard dona tuxum, 109 ming tonna parranda göşti va 278 ming tonna ozuqa işlab çiqariş quvvatlari yaratilgan.

Şuningdek, bankning 370 milliard sömlik krediti iştirokida Toşkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida «Agroparranda klaster» loyihasi amalga oşirilmoqda. Umumiy qiymati 147 million dollarlik loyiha işlab çiqarişning töliq zanjirini qamrab oladi.

Loyiha doirasida mamlakatda ilk bor göşt yönalişidagi 100 ming boş parrandaga möljallangan birinçi tartibli reproduktor naslçilik xöjaligini işga tuşiriş rejalaştirilgan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring