S&P Global Ratings «Kapitalbank» reytingini Özbekistonning suveren reytingi darajasiga oşirdi

Asosiy rasm

Xalqaro agentlik «Kapitalbank» ATBning uzoq muddatli kredit reytingini «BB-»dan «BB» darajasiga kötardi, qisqa muddatli reytingini esa «B» darajasida tasdiqladi. Prognoz «Barqaror» etib belgilandi.

Natijada bankning kredit reytingi suveren reytingga tenglaşdi. Şu tariqa, «Kapitalbank» xorijiy kapital iştirokisiz xususiy banklar orasida uşbu darajaga yetgan ilk bank böldi.

Agentlik ma’lumotlariga köra, bankning risklarga moslaştirilgan kapital koeffitsiyenti (RAC) 10,8 foizga yetgan va kelgusi yillarda 11–13 foizgaça oşişi kutilmoqda. Korporativ, kiçik va örta biznes kreditlari kengaytirilib, avtokreditlar uluşi kamaytirilmoqda.

Muammoli kreditlar (Stage 3) uluşi qariyb 5 foizni taşkil etmoqda. Bank tizimidagi örtaça körsatkiç esa 7,5–8,5 foizga teng. Şuningdek, Uzum ekotizimiga integratsiya mijozlar bazasini kengaytiriş va qöşimça mahsulot hamda xizmatlarni taklif etiş imkoniyatlarini rivojlantirayotgani qayd etildi.

2026-yil iyul oyida agentlik bank reytingi prognozini «Barqaror»dan «Ijobiy»ga özgartirgan edi.

Batafsil


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring