“Sea Breeze” loyihasining ikki bosqichi ekologik ekspertizadan o‘tdi

Asosiy rasm

“Sea Breeze” loyihasi bo‘yicha atrof-muhitga ta’sirni baholashning birinchi va ikkinchi bosqichlari yakunlanib, davlat ekologik ekspertizasining tegishli xulosalari olingan.

Birinchi bosqichda loyihaning havo, suv va yer resurslari, yashil hududlar, biologik xilma-xillik, chiqindilar hamda muhandislik infratuzilmasiga ehtimoliy ta’siri baholangan. Ekologik xatarlarni kamaytirish choralari va jamoatchilik takliflari ham ko‘rib chiqilgan.

Ikkinchi bosqichda ta’sir ko‘lami, tabiatni muhofaza qilish va kompensatsiya choralari, muhandislik yechimlari, chiqindilar bilan ishlash, suvdan foydalanish hamda ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha talablar aniqlashtirilgan.

Qurilish yakunlangach, obyektni foydalanishga topshirishdan oldin yakuniy ekologik baholash o‘tkaziladi. Unda belgilangan tabiatni muhofaza qilish choralarining bajarilgani va obyektning ekologik talablarga muvofiqligi tekshiriladi.

Loyiha jamoatchilik ekologik nazorati ostida ham amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar o‘tkazilgan kuzatuvlarda ekologik talablar buzilganini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanmagan. Monitoring keyingi bosqichlarda ham davom ettiriladi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring