Xazon tutuni – inson salomatligi uçun xavf

Asosiy rasm

Kuzgi xazonlarni yoqiş natijasida havoga inson salomatligiga zarar yetkazuvçi mayda dispers zarraçalar va zaharli gazlar tarqaladi. Ular orasida PM2.5, PM10, uglerod oksidi va uçuvçan organik birikmalar bor.

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi boş mutaxassisi Alişer Xudoyberdiyev ma’lum qilişiça, yollar va sanoat korxonalari yaqinida töplangan xazonlar tarkibida havodagi ifloslantiruvçi moddalar köproq bölişi mumkin. Bunday çiqindilar yoqilganda ularning bir qismi qaytadan atmosferaga tarqaladi.

Mutaxassislar barçani xazon yoqmaslikka çaqirmoqda. Çunki bu nafaqat havoni ifloslantiradi, balki tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni ham yöq qiladi.

Xazon yoqiş holatlariga duç kelganlar bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasiga quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berişi mumkin:

Telefon: (71) 207-07-70 (5015#)
Qisqa raqam: 11-57
Telegram-bot: @ecogovuz_bot



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring