Har bir mahallada aholi jon boşiga kamida 3 tupdan daraxt ekiş vazifasi qöyildi

Asosiy rasm

Şavkat Mirziyoyev Yangi Toşkent qurilişini jadallaştiriş hamda «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi işlar ijrosi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Majlisda bahorda ekilgan köçatlarning uçdan bir qismi nobud bölgani, ayrim hududlarda esa ekilmagan köçatlar ham hisobotga kiritilgani tanqid qilindi.

Yiğilişda quyidagi vazifalar belgilandi:

– har bir mahallada aholi jon boşiga kamida 3 tupdan daraxt ekiş;
– joriy yilda ekiladigan köçatlarning kamida 90–95 foizi tutib ketişini ta’minlaş.

Mahalliy gul va manzarali ösimliklarni köpaytirişga ixtisoslaşgan köçatxonalar taşkil etiş, suvni köp sarflaydigan çim örniga iqlimga mos ösimlik va butalarni ekiş zarurligi qayd etildi.

Şuningdek, Yangi Toşkentdagi har bir investitsiya loyihasi ustidan kunlik nazorat örnatilişi, yangi obyektlar foydalanişga topşirilguniga qadar elektr, suv, kanalizatsiya, issiqlik va yöl infratuzilmasi tayyor bölişi kerakligi ta’kidlandi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring