Toşkentdagi Qorasuv kanalidan Nil timsohi uşlandi
Toşkentdagi Qorasuv kanalida Nil timsohi aniqlanib, xavfsiz tarzda tutib olindi va reabilitatsiya uçun Toşkent hayvonot boğiga topşirildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi ma’lum qildi.
Fuqarolar murojaatidan söng qömita va hayvonot boği mutaxassislari holatni örgangan. Hozirda timsoh kanalga qanday kelib qolgani aniqlanmoqda.
Nil timsohi tabiiy şaroitda Afrikaning daryo, köl va botqoqliklarida yaşaydi. U timsohlarning eng yirik va xavfli vakillaridan biri hisoblanadi.
Qömita jismoniy şaxslarga timsohlarning barça turlarini saqlaş taqiqlanganini eslatib, yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlaş holatlari haqida tegişli organlarga xabar berişga çaqirdi.