«Özbekgidroenergo» Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan GES loyihalari böyiça hamkorlikni kengaytiradi
«Özbekgidroenergo» AJ va Yevroosiyo taraqqiyot banki gidroenergetika sohasida uzoq muddatli investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş böyiça memorandum imzoladi.
Hamkorlik doirasida GES loyihalarini davlat kafolatlarisiz uzoq muddatli moliyalaştiriş imkoniyatlari işlab çiqiladi. Uskunalar xaridi uçun savdo moliyalaştiriş mexanizmlaridan foydalaniş va loyihalarni tayyorlaşga grantlar jalb etiş ham közda tutilgan.
Pskem GESi, Çorboğ GESini modernizatsiya qiliş, Yuqori Töpalang gidroenergetika zonasi va boşqa istiqbolli loyihalarni moliyalaştiriş imkoniyatlari körib çiqilgan.
Tomonlar ustuvor loyihalarning moliyaviy şartlarini işlab çiqiş va qöşma «yöl xaritasi»ni tayyorlaşga kelişib oldi.
Yevroosiyo taraqqiyot banki 2031-yilga qadar Özbekiston iqtisodiyotiga 3 milliard dollargaça investitsiya yönaltirişni rejalaştirmoqda. Bank «Özbekgidroenergo» bilan istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oşirişga qiziqiş bildirgan.