Özbekiston – Turkiya iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yönalişlari belgilab olindi
Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida ötgan Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning birinçi yiğilişida hamkorlikni kengaytiriş vazifalari belgilandi.
Toğ-kon sanoati, «yaşil» energetika va qişloq xöjaligi ustuvor yönalişlar sifatida qayd etildi. Turkiya kompaniyalari misni çuqur qayta işlaş, elektronika va elektr uskunalari işlab çiqarişda mahalliy korxonalar bilan kooperatsiyaga taklif qilindi.
«Yangi Toşkent»da quriliş, pulli yollar va logistika markazlarini rivojlantirişda turk sarmoyadorlarining iştiroki qöllab-quvvatlandi.
Farmatsevtika, avtomobilsozlik, sun’iy intellekt va dasturiy ta’minot böyiça qöşma loyihalar, xususiylaştiriş va davlat-xususiy şeriklik dasturlarida iştirok etiş takliflari ilgari surildi.
Kengaşga Saida Mirziyoyeva va Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz hamraislik qilmoqda. Birinçi yiğiliş doirasidagi biznes forumida 200 dan ziyod tadbirkor iştirok etgan.