Saida Mirziyoyeva Aman Group va Capital Group rahbarlari bilan uçraşdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xalqaro lyuks kurortlar tarmoği – Aman Group raisi Vladislav Doronin hamda Capital Group direktorlar kengaşi raisi Pavel Tyo bilan muloqot qildi.
Uçraşuvda Buxoroda turizm sohasini rivojlantiriş, tarixiy merosni asrab-avaylagan holda xalqaro brendlar bilan hamkorlik qiliş masalalari körib çiqildi.
«Biz tarixiy merosga avaylab yondaşadigan xalqaro brendlar bilan şeriklikka oçiqmiz. Bunday taşabbuslar mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqişi şubhasiz», – dedi Saida Mirziyoyeva.