Ertadan ipoteka kreditlari böyiça subsidiyalarga ariza qabul qiliş boşlanadi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ipoteka kreditlari böyiça subsidiyalarga arizalar 2026-yil 25-noyabr kuni soat 10:00 dan qabul qilina boşlaşini ma’lum qildi.
Arizalar ilgari berilgan xabarnomalarning amal qiliş muddatida foydalanilmay qolgan qismi hisobidan qabul qilinadi.
Asosiy talablar:
– ijtimoiy mezonlar böyiça baholaşda 30 va undan yuqori ball töplaş;
– kredit tarixi dasturda iştirok etuvçi kamida bitta tijorat bankining içki talablariga mos bölişi;
– ariza beruvçi va uning turmuş örtoği nomida respublika böylab mulk huquqidagi turar joy bölmasligi;
– örtaça oylik daromad belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bölişi.
Ariza Davlat xizmatlari markazlari, myGov ilovasi yoki my.gov.uz portali orqali topşiriladi. Harbiy tuzilmalar xodimlari bevosita Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi.
Ariza topşiriş davrida OneID tizimida iştirok etuvçi banklarga kredit tarixidan foydalanişga ruxsat berilgan va kredit tarixini olişga çeklov örnatilmagan bölişi kerak. Aks holda kredit tarixini örganiş imkoniyati çeklanadi va ariza rad etiladi.