Xodimlar iş haqini özi tanlagan bank kartasiga olişi mumkin böladi

Asosiy rasm

Markaziy bankning Mablağlarni taqsimlaş markazi tizimi orqali iş haqi, mukofot puli va boşqa tölovlarni iş beruvçiga xizmat körsatuvçi bankdan qat’i nazar, xodim tanlagan karta yoki elektron hamyonga ötkaziş imkoniyati yaratilmoqda.

Tizimning birinçi versiyasi xususiy sektor taşkilotlari va ularning xodimlari uçun möljallangan. Bu xodimga iş haqini oliş uçun alohida yangi karta oçmasdan, mavjud kartasidan foydalaniş imkonini beradi.

Buning uçun xodim tanlagan kartasi yoki elektron hamyoni rekvizitlarini iş beruvçining buxgalteriyasiga taqdim etadi. Tizimda alohida röyxatdan ötiş talab qilinmaydi. Karta yoki elektron hamyon xodimning öz nomiga rasmiylaştirilgan bölişi şart. Keyinçalik rekvizitlarni özgartiriş ham mumkin.

Taşkilot tölovlarni yagona reyestr orqali öz bankiga yuboradi. Tizim esa mablağlarni xodimlar tanlagan banklar böyiça taqsimlaydi.

Ma’lumotlar himoyalangan bank tarmoği orqali uzatiladi, reyestrlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Rekvizitlarda xato aniqlansa, reyestr tuzatiş uçun qaytariladi.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring