Naqd pul beriş va ayirboşlaş: banklar uçun yangi talablar belgilandi
Banklarni naqd pul bilan ta’minlaş, aholi va tadbirkorlarga naqd pul beriş hamda banklar örtasida mablağlarni taqsimlaş tartibini belgilovçi yöriqnoma davlat röyxatidan ötkazildi.
Hujjatga köra, banklar mijozlarning hisobvaraqlaridagi mablağlari doirasida naqd pul oliş talabini birinçi talab böyiça uzluksiz qondirişi şart. Muomaladagi banknot va tangalar nominal qiymati böyiça moneliksiz qabul qilinadi.
Markaziy bank va tijorat banklari bir nominaldagi pul belgilarini boşqa nominalga bepul ayirboşlaydi. Bu xizmat uçun tölov yoki vositaçilik haqi undirilmaydi.
Banklar bankomatlardagi naqd pul aylanmasi va mijozlar ehtiyojini muntazam tahlil qilişi, taqçillik kutilganda qöşimça naqd pul jalb etiş çoralarini körişi kerak.
Banklararo naqd pul taqsimoti elektron şaklga ötkaziladi. Ortiqça naqd puli bor banklar «Naqd pullarning elektron maydoni» orqali taklif, ehtiyoji bor banklar esa talabnoma yuboradi. Mablağlar inkassatsiya xizmati orqali yetkaziladi. Oylik kirim-çiqim prognozi oy boşlanişidan kamida 3 bank iş kuni oldin taqdim etiladi.
Şuningdek, pul belgilaridagi yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida bölişi belgilangan. Yangi banknot va tangalar muomalaga çiqarilişidan kamida bir hafta oldin aholi xabardor qilinadi.