Havo ifloslanişini kamaytiriş uçun Özbekiston qanday çoralarni ustuvor deb hisoblaydi?
COP31 doirasida Özbekiston vakillari şaharlarda havo sifatini yaxşilaş va iqlimiy barqarorlikni oşiriş böyiça mamlakatning asosiy yondaşuvlarini xalqaro ekspertlar bilan muhokama qildi.
Iqlim özgarişi milliy markazi direktor örinbosari Timur Sabitov üçta asosiy vazifani belgilab berdi:
– Şahar infratuzilmasini modernizatsiya qiliş. Özbekiston 2035-yilga qadar yalpi içki mahsulot birligiga nisbatan issiqxona gazlari emissiyasini 2010-yilga nisbatan 50 foizga kamaytirişni maqsad qilgan.
– Monitoring tizimini rivojlantiriş. Havo sifatini kuzatiş stansiyalari tarmoğini kengaytiriş, çang va qum böronlarini oldindan prognoz qiliş imkoniyatlarini kuçaytiriş rejalaştirilgan.
– Ekologik loyihalarni moliyalaştiriş. Grantlar va texnik kömakni jalb etiş, monitoring infratuzilmasini yangilaş hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy qiliş muhim vazifalar sifatida qayd etildi.
Şuningdek, sanoat korxonalari ustidan ekologik nazoratni kuçaytiriş, zararli çiqindilarni tozalaş texnologiyalaridan samarali foydalaniş zarurligi ta’kidlandi.