COP31: Özbekiston taşabbuslari va kelişuvlar
Antaliyadagi BMT iqlim sammitida Özbekiston bir qator taşabbuslarni ilgari surdi va xalqaro kelişuvlarga erişdi:
– Iqlim integratsiyasi: Prezident Markaziy Osiyoda Iqlim integratsiyasi modelini yaratişni taklif qildi. 2035-yilgaça issiqxona gazlari çiqindilarini 50 foizga qisqartiriş, tört yildan söng elektr energiyasining 54 foizini «yaşil» manbalardan oliş maqsad qilingan.
– «Nol çiqindi» alyansi: Birinçi xonim Ziroat Mirziyoyeva iştirokida Global alyans tuzildi, yoşlar ekotaşabbuslarini qöllab-quvvatlaş taklif etildi.
– 720 million dollarlik dastur: Özbekiston sanoatni «yaşillaştiriş»ga qaratilgan xalqaro dasturga qöşilgan 10 davlatdan biri böldi.
– «Climate BRIDGE» va ANORA: Orolböyini tiklaş, çang-qum böronlari zararini qoplaş uçun mablağ jalb etiş mexanizmi yaratilmoqda. Iqlimga çidamli qişloq xöjaligiga investitsiya jalb etuvçi ANORA platformasi ham taqdim etildi.
– Tabiat va ekologik xavfsizlik: Qozoğiston bilan sayğoqlarni muhofaza qiliş böyiça memorandum imzolandi. Sobiq uran konlarini tiklaş va radioaktiv çiqindilarni xavfsiz saqlaş çoralari belgilandi.
– Ilmiy hamkorlik: Turkiya bilan muzliklarni örganiş, yoğinlar va 42 ta quyoş elektr stansiyasining elektr işlab çiqarişini prognoz qiliş böyiça işlar kengaytiriladi.