Cobalt va Damas bank ishtirokisiz bo‘lib to‘lashga sotila boshlandi
UzAuto Motors 7-oktabrdan Cobalt va Damas avtomobillarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bank ishtirokisiz bo‘lib to‘lash asosida sotishni boshladi.
Cobalt uchun boshlang‘ich to‘lov 50 foiz. Qolgan summa 24 oy davomida har oy 3 252 000 so‘mdan to‘lanadi.
Damas uchun boshlang‘ich to‘lov 30 foizni tashkil etadi. Qolgan summa 30 oy davomida har oy 2 173 640 so‘mdan to‘lanadi.
Avtomobillar soni cheklangan. Keltirilgan hisob-kitoblar boshlang‘ich komplektatsiyalarga tegishli bo‘lib, to‘lov miqdori tanlangan komplektatsiyaga qarab farqlanadi.