Yuridik şaxslar uçun yillik iqtisodiy kuzatuv savolnomasini töldiriş böyiça videoqöllanma tayyorlandi
Savolnomani töldiriş uçun hisobot.stat.uz saytiga OneID yoki elektron raqamli imzo orqali kirib, «Kichik biznes va tadbirkorlik» bölimidagi biznesni röyxatga oliş savolnomasining 2-şaklini tanlaş lozim.
Videoqöllanmada savolnomaning beşta bölimi, har bir savolga tegişli ma’lumotlarni kiritiş, javoblarni tahrirlaş va yakunda sertifikatni yuklab oliş jarayoni körsatilgan.
Biznesni röyxatga oliş tadbiri Prezidentning PF–190-son farmoni va Vazirlar Mahkamasining 557-son qarori asosida ötkazilmoqda. Unda mamlakatdagi barça iqtisodiy subyektlar xatlovdan ötkaziladi.
Tadbir 30-noyabrga qadar davom etadi. Yakuniy natijalarni 2027-yil 1-sentabrgacha e’lon qiliş belgilangan.
Qöşimça ma’lumot va maslahat oliş uçun 1851 qisqa raqamli koll-markazga murojaat qiliş mumkin.