O‘zbekistonda bog‘chalar soni 39 mingdan oshdi

Asosiy rasm

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2026-yil 1-yanvar holatiga mamlakatda 39 283 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan. Bu 2024-yilga nisbatan 1 225 taga yoki 3,2 foizga ko‘p.

Ularning 29 196 tasi oilaviy nodavlat bog‘chalar bo‘lgan. Ushbu tashkilotlar soni 2024-yilga nisbatan 467 taga yoki 1,6 foizga oshgan.

Hududlar orasida Qashqadaryo 4 458 ta, Samarqand 4 443 ta va Farg‘ona 4 341 ta tashkilot bilan yetakchi. Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryoda – 1 189 ta qayd etilgan. Toshkent shahrida 1 350 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring