Turmuşning keçi yöq – Özbekistonda 60 yoşdan oşgan mingdan ziyod erkak oila qurdi
Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Özbekistonda 60 yoşdan oşgan 1 031 nafar erkak turmuş qurgan. Ularning 813 nafari 61–69 yoşda, 218 nafari esa 70 yoş va undan katta bölgan.
Töqqiz oyda FHDYO organlarida jami 172 mingta nikoh qayd etilgan. Nikoh qurgan erkaklarning eng katta qismi – 141 620 nafari 20–30 yoşdagilar hissasiga töğri kelgan.
Boşqa yoş guruhlari böyiça körsatkiçlar:
– 20 yoşgaça – 3 093 nafar;
– 31–40 yoş – 19 005 nafar;
– 41–50 yoş – 4 967 nafar;
– 51–60 yoş – 2 310 nafar.