Prezident va nomli davlat stipendiyalari uchun testlar 10-oktabrda o‘tkaziladi

Asosiy rasm

2026/2027-o‘quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgor bakalavriat va magistratura talabalari 10-oktabr kuni test topshiradi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi sinovlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etadi. Testlar O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar fanlaridan o‘tkaziladi.

Talabgorlar belgilangan binoga soat 08:00 dan kechikmay, pasport yoki ID-karta bilan kelishi lozim. Test o‘tkaziladigan manzillar e’lon qilingan.

Tanlov natijalari my.edu.uz tizimida joylashtiriladi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring