Oliygoh va texnikumlarga qabulda 11-sinf yakuniy imtihoni natijalarini hisobga oliş taklif etilmoqda
Maktab öquvçilarini baholaş va imtihondan ötkazişning yangi tartibi yuzasidan jamoatçilik fikri örganilmoqda.
Taklifga köra, 11-sinfdagi yagona davlat imtihoni natijasi maktabni bitiriş, şuningdek, oliygoh yoki texnikumga kiriş uçun hisobga olinadi.
Şuningdek, quyidagilar nazarda tutilmoqda:
– 4-sinfda öqiş, matematika va tabiiy fanlardan diagnostik test ötkaziladi. Natija baholanmaydi va öquvçining keyingi sinfga ötişiga ta’sir qilmaydi;
– 7-sinfda kasbiy qiziqiş va mantiqiy fikrlaşni aniqlaşga qaratilgan diagnostika ötkaziladi. Natijasi tavsiyaviy xususiyatga ega böladi;
– 9-sinfda asosiy davlat imtihoni ötkaziladi. Uning natijasi şahodatnomaga kiritilib, akademik litsey yoki texnikumga qabulda hisobga olinadi. Öquvçining 10-sinfda ta’limni davom ettiriş huquqi saqlanadi.
Yangi tartibni 2027/2028 öquv yili yakunida Toşkent şahri va Navoiy viloyatida sinovdan ötkaziş rejalaştirilgan. Sinov natijalari ta’lim muassasalariga qabulga ta’sir qilmaydi.
2028/2029 öquv yili yakunidan boşlab tartibni barça hududlarda joriy etiş közda tutilmoqda.