Sentabrda yillik inflyatsiya 6,4 foizgacha pasaydi

Asosiy rasm

Milliy statistika qo‘mitasi axborotida qayd etilishicha, 2026-yil sentabrda iste’mol narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgan. Yillik inflyatsiya 6,4 foizni tashkil etib, 2025-yil sentabrdagi 8 foizga nisbatan 1,6 foiz bandga pasaygan.

Oy davomida oziq-ovqat 1 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga, pullik xizmatlar 0,9 foizga qimmatlashgan.

Pomidor narxi 14,2 foizga, bodring 13,5 foizga, sabzi 12,4 foizga, tuxum 5,3 foizga oshgan. Sitrus mevalar 12 foizga, uzum 5,7 foizga, olma 2,4 foizga arzonlashgan.

AI-95 benzini va propan narxi 4,2 foizga oshgan, metan narxi o‘zgarmagan. Davlat bog‘chalari xizmatlari 6,8 foizga, davlat oliygohlarida kontrakt asosida o‘qish 6,3 foizga, xususiy maktablarda ta’lim 6 foizga qimmatlashgan.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring