Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi. Oliy ta’lim muassasasida 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 10 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.
Universitetda boshqaruv, o‘quv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda, dual ta’lim rivojlantirilmoqda. Ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa innovatsion yechimlarni qo‘llash maydoniga aylantirilmoqda.
Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni yaratish uchun ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.