Xorazmda Xitoyning Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi

Asosiy rasm

Prezidentning 2026-yil 2-oktabrdagi PQ–359-son qaroriga muvofiq, Xorazm viloyatida Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi.

Ta’lim jarayoni 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanadi. O‘qish o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida, kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida olib boriladi.

2030/2031 o‘quv yiliga qadar qabul qilingan talabalar butun o‘qish davrida to‘liq davlat granti asosida tahsil oladi. 2030/2031 o‘quv yilidan boshlab esa qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi.

Talabalar amaliyoti hududdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, jumladan, dual ta’lim asosida tashkil etiladi.





Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring