Prezident Osiyo o‘yinlarida tarixiy natijalarga erishgan sportchilarni tabrikladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiyada o‘tkazilgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston sportchilari va murabbiylarini tabrikladi.
Terma jamoamiz 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari va Islom hamkorlik tashkiloti davlatlari orasida esa birinchi bo‘ldi.
Davlat rahbari sportchilar, murabbiylar, ota-onalar va muxlislarga minnatdorlik bildirib, erishilgan natijalar 2028-yilgi Los-Anjeles Olimpiadasiga tayyorgarlik uchun mustahkam zamin bo‘lishini ta’kidladi.