Javohir Sindarov jahon çempionligi uçun ilk partiyani oq donalarda boşlaydi
Jahon şaxmat toji uçun bahsning oçiliş marosimida qur’a taşlandi. Amaldagi çempion Dommaraju Gukeşga qora donalar töğri keldi. Şu tariqa, Javohir Sindarov birinçi partiyani oq donalarda öynaydi.
Ilk partiya 24-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi.
Matç 24-noyabrdan 11-dekabrgaça Şveytsariyaning Jeneva şahri yaqinidagi Kolonyi hududida, Marten Bodmer jamğarmasi muzeyida ötkaziladi.
Dasturda 14 ta klassik partiya belgilangan. Ğolib böliş uçun 7,5 oçko töplaş kerak. Hisob 7:7 bölsa, jahon çempioni 12-dekabrdagi tay-breykda aniqlanadi.