O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida 70 ta medal bilan beshinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekiston delegatsiyasi Aichi–Nagoya–2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarini umumjamoa hisobida 5-o‘rinda yakunladi. Sportchilarimiz 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza – jami 70 ta medal qo‘lga kiritdi.
Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidagi eng yuqori natija bo‘ldi. Qozog‘iston 8-, Tojikiston 22-, Qirg‘iziston 26- va Turkmaniston 31-o‘rinni egalladi.
Musobaqalarda 45 davlatdan 11 mingga yaqin sportchi ishtirok etdi.