O‘zbekistonda ikki vazirlik negizida Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi

Asosiy rasm

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligiga birlashtirildi. Prezidentning 2026-yil 3-oktabrdagi farmoni bilan amalga oshirilgan ushbu o‘zgarish haqida Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Yangi vazirlik uzluksiz ta’lim tizimida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Islohot ta’lim sifatini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va xususiy sektor ishtirokini oshirishga qaratilgan.

Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiquvchi maxsus ishchi guruhga tadbirkor Zafar Hoshimov jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi.

Shuningdek, Ilxom Siradjev ta’lim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Obid Xakimov esa Prezident Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari hamda o‘rindoshlik asosida “Yangi O‘zbekiston” universiteti rektori etib tayinlandi.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring