O‘qituvchilar uchun 56 kunlik ta’til, bepul tibbiy ko‘rik va qator chegirmalar belgilangan
Amaldagi qonunchilikda pedagoglarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator imtiyozlar nazarda tutilgan. Jumladan:
– Bolalarga ta’lim-tarbiya beruvchi barcha pedagog xodimlar muntazam ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
– Pedagoglarga 56 kunlik haq to‘lanadigan uzaytirilgan yillik ta’til beriladi.
– Pedagoglarning ish vaqti haftasiga ko‘pi bilan 36 soat etib belgilangan.
– Maktabda o‘rnak ko‘rsatgan pedagog xodimlar moddiy rag‘batlantiriladi.
– “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga 500 million so‘m beriladi.
– O‘qituvchilarga kasal bo‘lib qolganida moddiy yordam ko‘rsatiladi.
– Inklyuziv sinflarda dars beradigan o‘qituvchilarga 40 foizgacha ustama to‘lanadi.
– Olis hududlarda ishlayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.
– Respublika fan olimpiadasi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi.
– Tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash va tashxis ishlarini bajarganligi uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.
– Pedagoglarning farzandlariga kontrakt to‘lovi uchun 30 foiz chegirma beriladi.
– Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foiz chegirma beriladi.
– O‘qituvchilarning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik belgilangan.