O‘zbekistonda Cobalt 2020-yildan buyon eng ko‘p ishlab chiqarilayotgan avtomobil bo‘lib qolmoqda

Asosiy rasm

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda 263 731 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

2010–2012-yillarda avtomobil ishlab chiqarishda Nexia yetakchilik qilgan. 2013–2014-yillarda birinchi o‘ringa Cobalt chiqqan, 2015–2016-yillarda esa Nexia yana yetakchilikni qaytarib olgan. 2017–2019-yillarda Nexia 3 eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil bo‘lgan.

2020-yildan buyon Cobalt yetakchilikni boshqa modelga bermagan. Ushbu avtomobilning eng yuqori yillik ko‘rsatkichi 2024-yilda qayd etilgan – 164 887 ta. 2025-yilda ishlab chiqarish hajmi 3 735 taga yoki 2,3 foizga kamaygan bo‘lsa-da, Cobalt katta farq bilan birinchi o‘rinda qolgan.

Damas 2016-yildan buyon har yili eng ko‘p ishlab chiqarilgan uchta avtomobil qatoridan joy olgan. Tracker esa 2024-yilda ilk bor kuchli uchlikka kirib, 2025-yilda hamda 2026-yilning dastlabki yetti oyida uchinchi o‘rinni saqlab qolgan.

2026-yilning yanvar–iyul oylarida Cobalt jami ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarning 34,6 foizini, Damas – 18 foizini, Tracker esa 9,8 foizini tashkil etgan. Uchala modelning umumiy ulushi 62,4 foizga yetgan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring