Neft-gaz sohasi mutaxassislari uchun bepul onlayn ta’lim platformasi ishga tushirildi

Asosiy rasm

Neft-gaz sohasida bilim va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga mo‘ljallangan UNG Online raqamli ta’lim platformasi ishga tushirildi.

Platformadan “O‘zbekneftgaz” AJ xodimlari, shuningdek, neft-gaz yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari foydalanishi mumkin. Unda soha uchun zarur bo‘lgan zamonaviy va amaliy o‘quv kurslari jamlangan.

Dastlabki bosqichda foydalanuvchilarga HSE va mehnat muhofazasi, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasining tarixi, tuzilmasi va faoliyati, gender stereotiplari hamda tazyiqning oldini olish bo‘yicha kurslar bepul taqdim etiladi.

Darslar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Platformada o‘quv jarayoni, kurslarni o‘zlashtirish darajasi va natijalarni kuzatib borish imkoniyati ham mavjud.

UNG Online neft-gaz sohasidagi bilimlarni ommalashtirish, mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda yangi avlod kadrlarini tayyorlashga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Kurslarda bepul o‘qishni ungacademy.uz sayti orqali boshlash mumkin.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring