Shaxmat olimpiadasi g‘oliblari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farmoni bilan Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida munosib ishtirok etgan shaxmatchilar, murabbiylar va soha vakillari faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Jumladan:
“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan:
Madaminov Muxiddin Baxodirjon o‘g‘li – shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan:
Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o‘g‘li – shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;
Voxidov Shamsiddin Pulat o‘g‘li – shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;
Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li – shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan:
Kasimjanov Rustam Mashrukovich – shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi;
Shermuhammadov Samandar Nurulla o‘g‘li – parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan:
Sindarov Komil Oydinovich – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari.
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan:
Sindarov Javohir Sanjarbekovich – shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi.