“O‘zbekiston temir yo‘llari” 8 ta yangi tezyurar elektropoyezd xaridini muhokama qilmoqda

Asosiy rasm

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ transport texnologiyalari bo‘yicha dunyodagi eng yirik va nufuzli ko‘rgazmalardan biri – “InnoTrans”da ilk bor ishtirok etmoqda.

Jamiyat ma’lum qilishicha, Berlindagi ko‘rgazma doirasida Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi bilan 8 ta yangi tezyurar elektropoyezdni xarid qilish bo‘yicha shartnoma konsepsiyasi muhokama qilingan.

Tomonlar har bir yangi poyezd tarkibiga zamonaviy kapsula o‘rindiqlari bilan jihozlangan VIP-vagon kiritish masalasida kelishuvga erishgan. Shuningdek, mavjud tezyurar poyezdlarning so‘nggi ikki vagonini qayta jihozlash rejalashtirilmoqda.

Xitoyning CRRC kompaniyasi bilan O‘zbekistonda lokomotivlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish, shuningdek, iz kengligini o‘zgartirish imkoniga ega zamonaviy yuk vagonlarini ishlab chiqarish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Bundan tashqari, Deutsche Bahn bilan o‘zbekistonlik temiryo‘lchilarning malakasini oshirish va qo‘shma ilmiy ishlanmalarni yo‘lga qo‘yish, Huawei bilan esa temir yo‘l sohasini raqamlashtirish va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilingan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring