Hayraton – Mozori Şarif yönalişida temir yöl orqali yuk taşiş yölga qöyiladi
18-noyabr kuni Hayraton şahrida «Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruvi raisi Zufar Narzullayev hamda Afğoniston temir yöllari boşqarmasi rahbari Mavlaviy Abdul Karim Fateh örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Muzokaralarda Hayraton – Mozori Şarif yönalişida temir yöl orqali yuk taşişni yölga qöyiş, Naibobod stansiyasini rivojlantiriş işlarini belgilangan muddatlarda bajariş va poyezdlarning sutkalik aylanmasini oşiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Şuningdek, Afğoniston fuqarolari uçun temir yöl sohasida mutaxassislar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş işlarini taşkil etişga kelişildi.
Uçraşuvda joriy yilda ikki mamlakat örtasidagi yuk taşiş hajmi sezilarli oşgani qayd etildi.