Buxoroda zararli APK-fayllar orqali pul o‘zlashtirganlikda gumonlangan guruh fosh etildi

Asosiy rasm

Buxoroda fuqarolarning mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirib kelganlikda gumonlangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Rasmiy xabarda qayd etilishicha, guruh a’zolari ijtimoiy tarmoqlar orqali zararli APK-fayllarni tarqatib, ularni telefoniga o‘rnatgan fuqarolarning mablag‘larini noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan.

Holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ogoh bo‘ling: noma’lum shaxslardan yuborilgan APK-fayllarni yuklab olmang va telefoningizga o‘rnatmang.







Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring