Keşbek bahonasida firibgarlik: Soliq qömitasi nomidan 50 ga yaqin soxta Telegram resursi aniqlandi
Soliq qömitasi kiberxavfsizlik xizmati Telegram’da qömita nomidan oçilgan va kiberfiribgarlar boşqarayotgan 50 ga yaqin guruh, kanal va botni aniqladi.
Ular orqali keşbek çeklarini sotiş, pul evaziga ijara şartnomalarini rasmiylaştiriş va «keşbek orqali pul işlaş» takliflari tarqatilmoqda.
Şuningdek, qömita nomidan soxta xabarlar va xavfli ilovalar yuborilmoqda.
Aniqlangan resurslar yuzasidan Telegram’ning texnik qöllab-quvvatlaş xizmatiga rasmiy murojaat yönaltirilgan.
Qömita fuqarolarni norasmiy manbalardagi havolalarni oçmaslik, ilovalarni qurilmaga örnatmaslik va şubhali resurslarni tarqatmaslikka çaqirdi.
Bunday holatlar haqida @soliquz_report_bot orqali xabar beriş mumkin.