O‘zbekiston – ikki karra Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Samarqandda o‘tkazilayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining hal qiluvchi 11-turida Ukraina ustidan 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda Nodirbek Yakubboyev, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov o‘z partiyalarini durang bilan yakunladi. Muhiddin Madaminovning g‘alabasi esa jamoamizga chempionlik uchun zarur natijani taqdim etdi.
Shu tariqa O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ikkinchi bor Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibiga aylandi. Jamoamiz 2022-yilda Hindistonda o‘tkazilgan Olimpiadada ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.