Avgust oyida qanday astronomik hodisalar kuzatiladi?

Asosiy rasm

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi axborot xizmati kosmos ixlosmandlari uchun avgust oyida kuzatilishi mumkin boʻlgan eng qiziqarli astronomik hodisalar taqvimini taqdim etdi.

  • 2-avgust – Merkuriyning gʻarbiy elongatsiyasi. Quyosh chiqishidan avval Merkuriyni Oʻzbekistondan yorqin yulduz sifatida kuzatish mumkin.
  • 12-avgust – Toʻliq Quyosh tutilishi. Hodisa Rossiyaning shimoli, Grenlandiya, Islandiya va Ispaniyada kuzatiladi. Oʻzbekistonda esa koʻrinmaydi.
  • 12–13-avgust – Perseid meteor yogʻini. Yilning eng yorqin meteor yogʻinlaridan biri boʻlib, bir soatda 60 tagacha meteorni kuzatish mumkin.
  • 15-avgust – Veneraning sharqiy elongatsiyasi. Quyosh botganidan soʻng Venera gʻarbiy ufqda eng yorqin sayyora sifatida koʻrinadi.
  • 28-avgust – Qisman Oy tutilishi. Hodisa Afrika, Yevropa va Amerika qit’alarida kuzatiladi.

Shuningdek, avgust oyida sayyoralarni kuzatish uchun eng qulay vaqtlar ham ma’lum qilindi:

  • Shom payti – Venera;
  • Tunda – Saturn va Neptun;
  • Tunning ikkinchi yarmida – Mars va Uran;
  • Tongga yaqin – Yupiter va Merkuriy. 
Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring