Dissertatsiyalarni ekspertizaga tanlaşda sun’iy intellektdan foydalaniş ham hisobga olinişi mumkin
Ilmiy kengaşlar ma’qullagan dissertatsiyalarni mahalliy va xorijiy mustaqil ekspertlar tekşiruvidan ötkaziş tartibi taklif etilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining ilmiy daraja beruvçi ilmiy kengaşlar faoliyatini reyting asosida baholaşga oid qaror loyihasida nazarda tutilgan.
Loyihaga köra, dissertatsiyalar ekspertiza uçun ilmiy kengaş reytingi, plagiat va sun’iy intellektdan foydalaniş körsatkiçlari hamda asosli murojaatlar asosida tanlanadi.
Ekspertlarni tanlaş inson omilisiz, anonimlikni saqlagan va manfaatlar töqnaşuvini istisno etgan holda amalga oşirilişi belgilanmoqda. Ekspertiza xulosalari ilmiy kengaş reytingida hisobga olinadi.
Şuningdek, himoya jarayonidagi qoidabuzarliklar yuzasidan şikoyatlarni elektron qabul qiliş, ularni videoyozuvlar, bayonnomalar va ovoz beriş natijalari asosida örganiş taklif etilmoqda.
Loyiha muhokamasi 10-dekabrga qadar davom etadi.