Markaziy bank: alifbodagi özgarişlar sabab pullarni almaştiriş şart emas

Asosiy rasm

Özbek alifbosidagi ayrim harflar yozilişiga kiritilgan özgarişlar muomaladagi naqd pullarni almaştirişni talab etmaydi. Markaziy bank bu borada tuşuntiriş berdi.

Amaldagi barça banknotlar tölov vositasi bölib qoladi. Ulardan xaridlar va boşqa tölovlar uçun avvalgidek foydalaniş mumkin.

Kelajakda yangilangan alifbo asosida banknotlar çiqarilsa ham, ular hozirgi pullar bilan bir qatorda muomalada böladi.

Yangi banknotlar çiqarilişi rejalaştirilgan taqdirda, Markaziy bank bu haqda kamida bir hafta oldin rasmiy axborot beradi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring