«City Palace» örnidagi 41 qavatli mehmonxona uçun infratuzilma quvvati yetarli emas – Urbanizatsiya milliy qömitasi
Özbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi «City Palace» örnida 41 qavatli mehmonxona quriş taklifiga munosabat bildirdi.
Qömita investitsiya va yangi mehmonxona qurilişiga qarşi emasligini, ammo avvalo hudud infratuzilmasi imkoniyatlarini baholaş zarurligini ta’kidlagan.
Qayd etilişiça, dastlabki hisob-kitoblarga köra, Boş rejada hudud uçun 7 qavatga ruxsat berilgan, taklif etilayotgan bino esa 41 qavatli. Mehmonxona xonalari soni 4,5 baravar ortadi.
Hududdagi podstansiyalar hozirning özida 70 foiz yuklamada işlamoqda. Loyiha elektr tarmoğiga yana kamida 10–15 foiz yuklama qöşadi. İçimlik suvi böyiça esa talab etiladigan quvvatning 35 foizi yetişmaydi. Navoiy va Amir Temur köçalarida transport oqimi ham kamida 5–6 foizga oşişi kutilmoqda.
Qömita loyihani Boş rejaga va atrofdagi binolar balandligiga moslaştiriş, elektr, suv, kanalizatsiya va transport uçun qöşimça quvvatlarni kim va qaçon yaratişini aniq belgilaş zarurligini bildirdi. Şundan söng loyiha belgilangan tartibda körib çiqiladi.