Sanepidqömita: Özbekistonda Koksaki virusi böyiça vaziyat barqaror
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi enterovirusli infeksiyalar, jumladan, Koksaki virusi böyiça epidemiologik vaziyat yuzasidan rasmiy axborot berdi.
Unga köra, Özbekistonda vaziyat barqaror va nazorat ostida. Kasallik tarqalişi böyiça xavotirli holat kuzatilmayapti.
Koksaki virusi enteroviruslar guruhiga mansub. Bolalarda isitma, köngil aynişi, qusiş, tanada toşmalar, oğizda oğriqli yara va pufakçalar paydo bölişi mumkin.
Qöllarni muntazam sovun bilan yuviş, xavfsiz içimlik suvidan foydalaniş va şaxsiy gigiyenaga rioya qiliş muhimligi eslatilgan.
Fuqarolardan faqat rasmiy va işonçli manbalarga tayaniş söralgan.